DAAD Bremen universiteti va Berlin Erkin universiteti hamda Liverpul universiteti ekspertlari bilan birgalikda „Xalqaro tadqiqotlar uchun ariza berish“ mavzusida seminar trening o´tkazadi. Birinchi qism: 2010 yilning 8.11.-12.11. kunlari, Ikkinchi qism:2011 yil bahorida Toshkentda o’tkaziladi.
Kursning maqsadi yosh olimlarga (45 yoshgacha, iloji boricha aspiranturadagilar) xalqaro tadqiqot dasturlari uchun arizani qanday to´ldirishni, rejalashtirishni, yozishni va moliyaviy rejalashni ko´rsatishdir. 
Kurs ishtirokchilardan har kuni soat 9.00 dan 18.00 gacha faol qatnashishni talab qiladi. Ishtirokchilar yaxshi ilmiy ish uslubini va ingliz tilidan juda yaxshi bilimlarini ko´rsata olishlari kerak bo´ladi.
Seminarning birinchi qismida ishtirokchilarga tadqiqot arizasiga kerak metodlar va instrumentlar taqdim etiladi.
2010 yil noyabrda seminarning birinchi qismi tugagach ishtirokchilarga ariza berish loyihasini ishlab chiqish vazifasi topshiriladi. Ishlab chiqilgan ariza loyihalari 2011 yil bahorida seminarning ikkinchi qismida taqdim etiladi va muhokama qilinadi. Ishtirokchilar seminarning ikkinchi qismida ularning ariza loyihalari Ekspertlar komissiyasi tomonidan qabul qilingandan so´ng qatnashishlari mumkin.
Viza, yo´l, yotoq va ovqatlanish bilan bog´liq barcha xarajatlarni DAAD o´z zimmasiga oladi.
Barcha ishtirokchilar Toshkentga kelishni o´zlari amalga oshirishlari kerak. Eng qulay va arzon kelish yo´li tanlanishi kerak.

O´zbekiston, Qozog´iston, Tojikiston va Qirg´zistondan 30 ta yosh olim ishtirok etadi. Ayniqsa DAAD va Aleksandr Humboldt fondining sobiq stipendiatlari, qolaversa ilmiy o´sishga qiziqqan barcha olimlar ishtirok etishlari mumkin. Seminar Meditsinadan tashqari barcha ilmiy yo´nalishlarning olimlari uchun mo´ljallangan.
Iltimos quyidagi hujjatlaringizni:
·Nima uchun seminarda qatnashmoqchilingiz o´z aksini topgan motivatsiya xati (1 yoki 2 sahifa)
·ilmiy tadqiqot arizasi uchun xomaki loyihaKonzept (1 yoki 2 sahifa)
·to´ldirilgan va imzo qo´yilgan ariza formulari (www.daad.uz sahifasida)
2010 yil 30 iyuligacha:
Dr. Jochen Tholen jtholen@uni-bremen.de ga yuboring

To’liq ma’lumotni daad.uz saytidan olishingiz mumkin.