Tanlov e´loni «Madaniyatlararo muloqot»
Конкурсы Июнь 21st, 2010 |Samarqandda 2010 yilning 20-24 sentyabr kunlari „Madaniyatlararo muloqot“ mavzusida maxsus til kursi.
„Madaniyatlararo muloqot“ seminari germanistika/nemis filologiyasi hamda nemis tili chet tili sifatida dars beradigan oliygohlarning o´qituvchilariga mo´ljallangan. Gapirish, tinglash, yozish ko´nikmalari va grammatika hamda so´z boyligi kabi til bo´limlari talabalarni muloqot qobiliyatiga yetaklashlari kerak. Ko´pincha muloqotning 50 % idan ko´pi verbal emas, nonverbal va paraverbal tugashi nazardan chetda qoladi. Ulardan rad etish yoki tanqid, shuningdek muloqot uslublari kabi gapirish aktlari kuchli madaniy o´ziga xos holda shakllangan.
Ushbu seminarda o´qituvchilar nazariy asoslar bilan (madaniyat, madaniy shok modellari, etnotsentrismus ta´riflari) shuningdek madaniyatlar bir – biridan farqlanishidagi faktorlar bilan ham mashg´ul bo´ladilar. Bular sirasiga ham madaniy standartlar ham kuchlar oralig´i, individualizm hamda kollektivizm, qolaversa suhbat jarangdorligi, gapirish ohangi/ritmi, gapiruvchi almashishi shakllari, suhbatdosh bilan oraliqni saqlash, jest, gapirish uslubi, vaqtinchalik ishlash, tabu mavzulari va boshqalar kabi strukturaviy xususiyatlar kiradi.
Bundan tashqari ba´zi darsliklarda madaniyatlararo munosabatga oid mashq shakllari ko´rib chiqiladi va to´la maqsadli ravishda boshqa mashq shakllari, materiallar va madaniyatlararo o´yinlarga alohida to´xtab o´tiladi.
Maqsadli guruh: O´zbekiston Oliygohlarining Nemis filologiyasi bo´yicha ta´lim berayotgan o´qituvchilari, shuningdek nemis tilidan fakultetlararo (меж.фак) dars beruvchi oliygoh o´qituvchilari
O´tkazilish vaqti: 20 – 24 sentabr 2010
Joyi: Samarqand davlat chet tillar instituti
Xarajatlar: Yo´l (SAMOLYOTdan tashqari), yotoq, ovqatlanish va kurs xarajatlarini DAAD o´z zimmasiga oladi.
Zarur hujjatlar: 1. Asosnoma: A4 formatdagi bir varaqda nima uchun seminarda ishtirok etmoqchi ekanligingizni va madaniyatlararo muloqot Sizning darsingizda hozirgacha qanaqa qiymatga ega ekanligini asoslang
2. Jadval shaklidagi tarjimai hol va telefon raqam hamda E – Mail
3. Til bilish hujjati ( Diplomlar emas, balki DAAD, Goethe Institut va boshqalarning til sertifikatlari). Mabodo til sertikatingiz bo´lmasa, men til bilish darajangizni baholash uchun qisqa telefon intervyu o´tkazaman. Iltimos aktual telefon raqamini berishga e´tiboringizni qarating.
Ariza berish muddati: 20 iyul 2010
To’liq ma’lumotni daad.uz saytidan olishingiz mumkin.
