Tadqiqot stipendiyalari va doktorant hamda magistrlar uchun stipendiyalar
Гранты, Стипендии Июнь 21st, 2010 |«Conflict Studies and Management dasturi» (CSMP) Erfurtdagi «Willy Brandt School of Public Policy » (Brandt School)maktabining va Germaniya Akademik Almashuv Xizmati(DAAD) ning yangi dasturidir. Dastur magistr talabalar, doktorantlar va mojaro menejmenti tadqiqoti hamda amaliyoti bilan qiziquvchilar uchun mo´ljallangandir.
Erfurt Universitetining Willy Brandt School of Public Policy maktabi Germaniyadagi Public Policy sohasida yetakchi maktablardan biridir. 2002 yildan beri Willy Brand schoolning magistrlik dasturlari jamoatchilik sektoridagi menejmentlik va boshqaruv mansablardagi qobiliyatli talabalarning tahsil olishlari qaratilgandir.
2010 yildan Brandt School mojaroli hududlar masalalari bilan bog´liq Conflict Studies va Konfliktmanagement yangi dasturini boshladi. 2010 yil qishki semestrida stipendiatlar Brandt maktabida tadqiqot loyihalarini boshlaydilar va dasturning rivojlanishida ishtirok etadilar. 2010 yil qishki semestrida dastlabki magistrlar va doktorantlar ro´yxatdan o´tadilar. CSMPning maqsadi yetakchi tashkilotlarda mansab pog´onalariga intilishni xohlovchi talabalarni tayyorlash va ularga mojaro tadqiqoti borasida zarur bilimlarni taqdim etishdir.
Bu maxsus dastur yuqori malakali chet ellik magistr talabalar va doktorantlar shuningdek yetuk olimlar uchun mo´ljallangan. CSMP – stipendiyalari yetakchi olimlarga Erfurtdagi Willy Brandt School of Public Policy da o´z tadqiqotlarini o´tkazish imkonini beradi. Tadqiqotchi stipendiyatlar qoidaga ko´ra haftasiga 2 soat Willy Brandt School da darsda ishtirok etishlari zarur. Bundan tashqari CSMP stipendiyalari a´lochi talabalarga magistrlik yo´nalishida yoki nomzodlik darajasi uchun maxsus tadqiqot va o´quv dasturi bo´yicha tahsil olish imkoniyatini ham taklif etadi.
To’liq ma’lumotni daad.uz saytidan olishingiz mumkin.
