BMT Taraqqiyot dasturi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining “ACCESS” qo’shma loyihasi “Nogironlik muammolari va ularni ommaviy axborot vositalarida yoritish” nomli mavzuda 3-kunlik amaliy o’quv trening o’tkazilishini e’lon qiladi. Ushbu trening Toshkent shahrida o’zbek va rus tillarida o’tkaziladi.

Treninig rus va o’zbek tillarida 2 guruh uchun o’tkaziladi (har birida 25 kishidan)

1-guruh – rus tilidagi treninglar – 16, 17, 18-iyun, 2010-yil.

2-guruh – o’zbek tilidagi treninglar – 16, 17, 18-iyun, 2010-yil.

Treningning asosiy maqsadi:

Mutaxassislarda nogironlikni ijtimoiy tushuncha sifatida singdirish;

Nogironlik mavzusini to’g’ri taqdim etish bo’yicha aniq bilim, ko’nikmalar va mahoratni shakllantirish;

trening orqali nogironlik mavzusini yoritish bo’yicha kasbiy qobiliyatni rivojlantirish.

Trening mavzulari:

Nogironlik haqida ijtimoiy tushunchalar: ijtimoiy modelning tibbiy, ma’muriy va defektologik modellardan ustunlik tomonlarini ko’rsatib berish;

Trening ishtirokchilarini nogironlar bilan muloqot jarayonida esda tutilishi kerak bo’lgan etika me’yorlari va muloqot qoidalari bilan tanishtirish;

Ishtirokchilarga nogironlik borasidagi jamiyatda mavjud bo’lgan stereotiplarni tushuntirib berish, ularda ushbu stereotip va qarashlarni yengib o’tish mahoratini shakllantirish;

Nogiron kishilarni ijtimoiy muhofaza qilishni tartibga soluvchi me’yoriy -huquqiy hujjatlarni o’rganish orqali, tinglovchilarda mustaqil bilim olish qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek nogironlik mavzusi ko’tarilgan zamonaviy materiallarni o’rganish;

Interaktiv ta’lim metodlarini qo’llash orqali tinglovchilarda ijodiy, tanqidiy fikrlashni shakllantirish.

Shu munosabat bilan “ACCESS” loyihasi treningda qatnashish uchun nomzodlar tanlovini e’lon qiladi. Ijtimoiy sohadagi masalalar, xususan, nogironlik mavzusini yoritish bo’yicha tajribaga ega bo’lgan, radio, bosma va elektron OAV, televideniye sohasidagi jurnalistlarni treningda ishtirok etishga taklif qilamiz. Tanlovda qatnashish uchun quyidagi ma’lumotlarni yuborishingizni so’raymiz:

Rezyume (bog’lanish uchun ma’lumotlarni ko’rsatgan holda)

Sizning treningda ishtirok etish maqsadingiz va treningda olgan ma’lumotlarni professional faoliyatingiz jarayonida ishlatish bo’yicha rejalaringiz ko’rsatilgan xat.

Nogironlik mavzusi yoki boshqa ijtimoiy masalalar bo’yicha avval chop etilgan maqolalaringiz (radio, televideniye yoki Internet sohasida faoliyat yuritadigan jurnalistlar materialga havola (ssilka) keltirishlari mumkin).

Kerakli ma’lumotlarni 14-iyun, 2010-yilgacha, quyidagi manzilga yuborishingizni so’raymiz:

E-mail: davron.azizov@undpaffiliates.org, yoki pochta orqali: Avloniy ko’chasi 20-a uy, Toshkent 100100, O’zbekiston, “ACCESS”loyihasiga. Tel/Faks: (+ 998 71) 239-88-38

Batafsil ma’lumot uchun: http://binafsha.uz