«Kamolot» stipendiasi
Конкурсы, Стипендии Июнь 11th, 2010 |Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun O’zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining «Kamolot» stipendiyasiga tanlovni tashkil etildi.
Tanlov 3 ta bosqichda o’tkaziladi:
Birinchi bosqich – Harakatning boshlang’ich tashkilotlari, tuman (shahar) bo’limlari Kengashi miqyosida joriy yilning 15 sentyabridan 20 oktyabrigacha o’tkaziladi.
Ikkinchi bosqich – Harakatning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo’limlari Kengashi miqyosida joriy yilning 20 oktyabridan 1 noyabrigacha o’tkaziladi.
Uchinchi bosqich- Respublika tanlov komissiyasi tomonidan nomzodlarni saralash va sovrindorlarni aniqlash bosqichi bo’lib, u joriy yilning 1 noyabridan 30 noyabrigacha o’tkaziladi.
Mazkur bosqich ikki bosqich:
a) Respublika tanlov komissiyasining sovrindorlarni aniqlash bo’yicha yig’ilishida tanlov komissiyasi ahzolari nomzodlarning hujjatlari va ko’rgazmalarga qo’yilgan ularning erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi qo’shimcha materiallar bilan tanishib chiqib, eng munosiblarini tanlashi;
b) Respublika tanlov komissiyasining yig’ilishida komissiya ahzolari tomonidan tanlangan nomzodlar o’rtasidan stipendiya sovrindorlarining ovoz berish yo’li bilan aniqlanishi tartibida tashkil etiladi.
Respublika tanlov komissiyasining muayyan shaxslarni «Kamolot» stipendiyasi sovrindori deb topish to’g'risidagi xulosasi Harakatning Markaziy Kengashi Ijroiya Qo’mitasi majlisi qarori bilan tasdiqlanadi.
Harakat Markaziy Kengashi Ijroiya Qo’mitasining tegishli qarori qabul qilingandan so’ng «Kamolot» stipendiyasi sovrindorlari to’g'risidagi mahlumotlar Markaziy ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.
Barcha bosqichlar uchun belgilangan muddatlardan kechikib taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlari qabul qilinmaydi. «Kamolot» stipendiyasi sovrindori bo’lgan shaxslar tanlovda takroran ishtirok etmaydilar.
Nomzodlar taqdim qiladigan hujjatlar
Tanlov ishtirokchilari Harakatning oliy tahlim muassasalaridagi boshlang’ich tashkilotlarga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) so’rovnoma, tarjimai hol, tahlim muassasasi rahbariyati va Harakat boshlang’ich tashkilot tomonidan berilgan tavsiyanoma;
b) 1 dona 4×6 sm o’lchamdagi fotosurat va reyting daftarining nusxasi;
v) to’plam yoki davriy nashrlarda ehlon qilingan ilmiy maqolalari nusxasi, nashr qilingan kitobi, risolasi, soha mutaxassislarining nomzod to’g'risidagi fikrnomalari va ishlariga taqrizlari bilan;
g) turli tanlov, anjumanlar va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtiroki uchun berilgan diplom, sertifikat kabi hujjatlarning nusxasi.
Tanlov komissiyasiga nomzodlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qaytarilmaydi, to’liq bo’lmagan hujjat va qo’shimcha materiallar inobatga olinmaydi.
